2016 yilning 5 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Sun Lijie bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi hamda O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotida raisligi doirasidagi bo‘lajak tadbirlar doirasida rejalashtirilgan turli darajalardagi uchrashuvlar yuzasidan fikr almashildi.