16:10 / 05.04.2016
1746

Uilsher tungi klubdagi janjal ishtirokchisiga aylandi

Angliyaning «Arsenal» futbol klubi futbolchisi Jyek Uilsher Londondagi barlarning biri yaqinidagi ko‘chada kelib chiqqan mojaro ishtirokchisiga aylandi.

Tungi klub yaqinida sodir bo‘lgan to‘qnashuv bo‘yicha 24 yoshli yarimhimoyachi bilan tushintirish ishlarini olib boradigan bo‘ldi.

Politsiya tungi klub yaqinida sodir bo‘lgan voqeani tasdiqladi va bu ish bo‘yicha tergov harakatlari boshlanganini bildirib o‘tgan.

Bu Uilsherning tungi klublarga borib shov-shuv ko‘tarishi emas. Oldinroq futbolchi shunday ko‘ngilochar barlarning birida sigaret va chilim chekib o‘tirgani borasida xabarlar tarqalgandi.

1 aprel kuni Uilsher uzoq vaqtli jarohatdan keyin ilk marta umumiy guruh bilan mashg‘ulotlarga kirishgandi. Futbolchi avgust oyida oyog‘ini sindirib olgan va joriy mavsumda birorta ham uchrashuvda maydonga chiqmagan. Shu oy oxirlarida uning maydonga qaytishi kutilmoqda.

Top