12:24 / 05.04.2016
1365

Xosep Gvardiola: «Benfika» hozir yaxshi holatda. Men «Bavariya»ni bu to‘qnashuvda favorit deb bilmayman»

«Bavariya» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola YeChLning chorak finalida «Benfika»ga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Men «Bavariya» jamoasini hamisha yaxshi natijalar ko‘rsatishi uchun shug‘ullantirganman. Lekin men hozir bu to‘qnashuv arafasida o‘z jamoamni favorit sifatida atay olmayman. «Benfika» hozirgi vaqtda yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda. Men ularning o‘yinidan yaxshi taassurotlar olganman va buni qayd etishim kerak.

«Benfika»ning natijalari juda yaxshi. Bu jamoa futbolchilari nima qilish kerakligini juda yaxshi bilishadi va ularning safida o‘yinni o‘qiy oladigan futbolchilar bor. Ayni vaqtda raqib hujumchilari Mitro‘g‘li va Jonas juda yaxshi formada.

Lekin biz «Bavariya»miz. «Bavariya» esa hamisha favorit sifatida qaralgan. Men «Benfika»ni va Portugaliya futbolini hurmat qilaman. O‘tgan yili «Portu» bilan nimalar bo‘lgani esimda.

Men Myunxendagilar faqat trebl istashini to‘g‘ri tushunaman. Bilamanki, bu istak amalga oshmasa, «Bavariya»ning natijalari ko‘ngildagidek bo‘lmadi deb hisoblashadi. Lekin dunyoda yuqori saviyali ko‘plab boshqa jamoalar ham bor. Biz o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni namoyish etishimiz kerak.

Menga Riberini yana baxtiyor holatda ko‘rish muhim. Keyingi 2 haftada men uni yana yuzida kulgi bilan ko‘ra boshladim. O‘tgan mavsumda va shu mavsumning birinchi qismida bizga u yetishmagandi. Uning yana o‘zini tiklab, safimizga qaytgani zo‘r bo‘ldi», – deydi murabbiy.

Top