11:14 / 06.04.2016
1423

As: «PSJ» Ibrahimovich ketsa, uning o‘rniga Aleksis Sanchesni olmoqchi

«Arsenal» jamoasining chililik yetakchi yarimhimoyachisi Aleksis Sanches «PSJ» jamoasi qiziqishlari doirasiga tushgan.

As nashrining yozishicha, parijliklar klubi ushbu futbolchi o‘z yetakchisi Zlatan Ibrahimovich jamoani yozda tark etgan taqdirda uning o‘rniga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

«PSJ» jamoasi bosh murabbiyi Loran Blanning fikricha, Ibrahimovich ketsa, hujum markazida uning o‘rnini Edinson Kavani egallaydi, Sanches esa hujumkor havbek vazifasini bajaradi.

Bundan oldinroq, «Arsenal» Sanches bilan shartnomani uzaytirmoqchiligi haqida xabar berilgandi.

Joriy mavsumda APLning 23 o‘yinida ishtirok etgan bu futbolchi 8 gol urgan hamda 5ta samarali to‘p uzatishni amalga oshirgan.

Top