10:47 / 06.04.2016
1442

«Barselona» – «Atletiko». Suares Huanfranga qo‘pollik qilgani hakam nigohidan chetda qoldi

«Barselona» jamoasi hujumchisi Luis Suares «Atletiko»ga qarshi o‘yinning birinchi taymi vaqtida madridliklar jarima maydonchasida raqib himoyachisi Huanfranga nisbatan keskin qo‘pollik ishlatgani kameralarga muhrlanib qoldi.

O‘yin hakami Feliks Brix bu vaziyatni ko‘rmay qoldi va urugvaylik futbolchi jazoda qutilib qoldi. Fotosuratlar va videolardan ko‘rish mumkinki, unga bu harakatlari uchun qizil kartochka ko‘rsatish mumkin edi.

Birinchi taymning ikkinchi yarmida Brix madridliklar hujumchisi Fernando Torresga raqibga ishlatgan podkati uchun qizil kartochka ko‘rsatdi.

Tanaffusdan keyin Suares 2ta gol urib, kataloniyaliklar jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Top