19:26 / 06.04.2016
2134

Dublinning 300 yoshli kutubxonasi

Hozir ko‘hna tarix buyukligini isbotlovni yana bir manzilga tashrif buyuramiz. Triniti-kolleji kutubxonasining muhtasham Uzun zali — Dublinning tom ma'nodagi ajoyib xazinasi hisoblanadi. 

Uzunligi 65 metrli bu xona 1712 va 1732 yillar oralig‘ida qurilgan. U o‘z bag‘rida 200 mingdan ortiq kitoblarni saqlaydi. Sizga bu yerda shuncha kitob qanday yig‘ilib qolgani qiziqmi? Kutubxona 1801 yiliyoq Buyuk Britaniya va Irlandiyada chop etilgan kitoblarning tekin nusxasiga da'vo qilish huquqini qo‘lga kiritgan. 

Monaxlar tomonidan 1200 yil avval yozilgan hamda insoniyat tarixidagi eng qadimiy va eng noyob kitoblardan biri bo‘lmish Kell kitobi ham aynan shu yerda - mamlakatning eng katta kutubxonasida saqlanadi. 

Dublinga tashrif buyurganingizda bu muhtasham kutubxonani, albatta, ziyorat qiling!

Top