21:16 / 06.04.2016
1918

Huawei P9 oilasiga mansub yangi smartfonlarni namoyish qildi

Huawei kompaniyasi P9 oilasiga mansub ikkita yangi smartfonni namoyish qildi, ular orasida oddiy va Plus versiyasi bor.

Yangi smartfonlarning o‘ziga xos jihati 12 Mp li asosiy kameraning ikkita moduli borligi hisoblanadi. Buning evaziga smartfon tayyor fotosuratlarda fokusni o‘zgartirishi va sifatliroq suratlar olishi mumkin. Ikkala qurilmadagi kamera moduli Leica Camera AG bilan birgalikda tayyorlangan.

Smartfonning old paneli 2,5D-oyna bilan bilan yopilgan, korpusi alyuminiydan tayyorlangan. Huawei P9 displeyi diagonali 5,2 dyuymga, P9 Plus’niki esa 5,5 dyuymga teng. Ikkala qurilmaning ko‘rsatish qobiliyati FullHD’ni tashkil qiladi, ikkalasi ham 64-bitli 8 yadroli Huawei Kirin 955 protsessori bilan jihozlangan. Smartfonlar displeyga bosishlar kuchini tanuvchi Press Touch funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Huawei P9 ikkita versiyada: 32 Gb ichki xotira va 3 Gb tezkor xotira (599 yevro) hamda 64 Gb ichki xotira va 4 Gb tezkor xotira (649 yevro) bilan ishlab chiqariladi. P9 Plus faqatgina bir modifikatsiyada, ya'ni 64 Gb ichki xotira va 4 Gb tezkor xotira bilan 749 yevrodan taklif qilinadi. Qurilmalar 16 apreldan sotuvga chiqariladi.

Top