10:35 / 06.04.2016
1476

«Reyndjers» Shotlandiya premer-ligasiga qaytdi

Shotlandiyaning «Reyndjers» jamoasi quyi ligada 33 turdan keyin 80 ochko jamg‘ardi va muddatidan oldin premer-liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

«Dumbarton»ga qarshi kechgan uchrashuvdagi g‘alaba «Reyndjers»ga muddatidan avval, turnir yakuniga 4 tur qolganida chempionshipda birinchi o‘rinni egallash imkonini berdi.

Keyingi tur natijalaridan qat'i nazar, «Folkirk» va «Xibernians» klublari glazgoliklarga yeta olishmaydi.

«Reyndjers» 54 marta Shotlandiya chempionligiga erishgan.

Mamlakat tarixidagi eng sovrindor jamoa bo‘lgan «Reyndjers» 2011/12 yillar mavsumidan beri ilk marta premer-ligaga qaytmoqda. 4 yil oldin Shotlandiya futbol assotsiatsiyasi va Shotlandiya premer-ligasi qaroriga ko‘ra «Reyndjers» moliyaviy muammolar tufayli eng quyi ligaga tushirib yuborilgandi (darajasi bo‘yicha to‘rtinchi liga).

2014/15 yillar mavsumi yakunida «Reyndjers» premer-ligaga o‘tish o‘yinida «Moteruell»ga mag‘lub bo‘lgandi.

Top