16:54 / 06.04.2016
7204

Samsung Galaxy S7 Edge 16 soat suvda qolishi mumkin

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge telefonlarini suvga chidamli qilib ishlab chiqarmoqda.

Bulardan avvalgi Samsung modellarida bu xususiyat yo‘q edi. Yangi telefonlar esa, IP68 xalqaro standartiga javob beradi. Ushbu me'yorga ko‘ra, elektron qurilma 1 metrdan chuqur suv havzasiga 30 daqiqadan ko‘proq vaqtga tushirilganda ham ishlashda davom etishi kerak.

Unbox Therapy resursi xodimlari ushbu mobil qurilmalarning imkoniyatini tekshirib ko‘rishga ahd qilishdi. Ular qayd etgan natija esa hayratlanarli bo‘ldi: Galaxy S7 Edge suv ichida 16 soat 36 daqiqagacha hech qanday uzilishsiz ishlashda davom etgan.

Qayd etish joizki, suv tubida bosim oshishi, aslida smartfonni ishdan ham chiqarishi mumkin.

Samsung kompaniyasi o‘z navbatida Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge telefonlari suv ichida 1,5 metr chuqurlikda 30 daqiqa davomida ishlashiga kafolat beradi.

Top