00:56 / 06.04.2016
1714

WhatsApp chatdagi xabarlarning shifrlanishi kuchaytirilganligini ma'lum qildi

WhatsApp messenjeri o‘z foydalanuvchilariga xabarlarni shifrlash kuchaytirilishini ma'lum qildi. 

“Bu chatga yuborayotgan xabar va qo‘ng‘iroqlaringiz endi shifrlash orqali himoyalangan”, - deb yozilgan xabarda.

The Wall Street Journal nashri qayd etishicha, WhatsApp kiritgan bu yangilik hech qanday sharoitda ma'lumotlarni shifrlashga yo‘l qo‘ymaydi.

WhatsApp xabarlarni shifrlash texnologiyasi ustida 2014 yilning oxiridan beri ish olib boradi. Matnli xabarlar himoyalangan edi, biroq suratlar va video yuborish shifrlanmagan edi.

Top