11:44 / 07.04.2016
1667

Feliks Magat «Bavariya» futbolchilarini tungi soat 3da mashq qilishga majburlaganini tan oldi

Myunxenning «Bavariya» jamoasi sobiq murabbiylaridan biri, o‘zining temir qoidalari orqali mashhur bo‘lgan mutaxassis Feliks Magat futbolchilarning chidamliligini oshirish maqsadida tun mahali ularni og‘ir mashqlar qilishga majburlagani haqidagi gap-so‘zlarni tasdiqladi.

«Ha, shunday bo‘lgan edi. Nima, bu Ispaniyada qo‘rqinchli eshitiladimi? Agar sen kechasi o‘ynasang, keyin uyga qaytish uchun yo‘lga bir qancha vaqt sarflasang va uyga soat tungi 3 bo‘lganida yetib borsang, undan ko‘ra bu vaqtni mashg‘ulotlar uchun sarflaganing ma'qul. 40 daqiqacha yugurib, keyin uyga qaytilsa, hech kim o‘lib qolmaydi. Shundan keyin uyga qaytib, uxlasa bo‘ladi. Gap shundaki, o‘yindan keyin bari bir erta uyg‘onib bo‘lmaydi. Ertalab soat 9ga budilnik qo‘ymasdan, 10gacha to‘yib uxlasa ham bo‘ladi. Men shunday ishlashni ma'qul ko‘rardim, bu mening o‘zimga xos ish uslubim», — deya Magatning so‘zlarini keltiradi AS.

Top