16:48 / 07.04.2016
4339

OAVda Anjyelina Jolining og‘ir ahvoli haqida yozilishi davom etmoqda

Amerika tabloidlari Hollivudning mashhur aktrisasi Anjyelina Jolining saraton, anoreksiya va paranoyid kasalliklariga chalingani va hattoki shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berib bong urishmoqda. Jumladan, National Enquirer nashri bu haqida ma'lum qilgan.

Jurnalistlar Jolining bo‘yi 1.69 sm bo‘lishiga qaramasdan, uning vazni 35 kilogrammgacha tushib ketganini ma'lum qilishdi. Biroq aktrisa o‘zini avvalgi holatiga keltirishga harakat ham qilmayapti va ovqatdan voz kechyapti. Maqolada shu sababli u shifoxonaga yotqizilgani aytilgan. Uning turmush o‘rtog‘i, taniqli aktyor Bred Pitt Jolini taom yeyishga majburlash uchun unga ajrashish bilan tahdid qilgan.

Anjyelina Jolining sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar haqidagi ma'lumotni uning so‘nggi suratlari ham tasdiqlaydi. Xususan, yaqinda matbuotda Jolining Gretsiyadagi suratlari paydo bo‘ldi, bu yera u BMTning xizmat safari doirasida suriyalik qochqin bolalar bilan uchrashdi. Uning muxlislari o‘shandayoq aktrisaning o‘zi ham shu odamlar kabi yordamga muhtoj ekanini ta'kidlashgandi. Gretsiya bosh vaziri Aleksis Tsipras bilan kechgan uchrashuvda esa Anjyelina shu qadar charchagan va nimjon ko‘rindiki, jurnalistlar u hushini yo‘qotishi mumkinligidan deb xavotirga tushishdi.

Hollivud yulduzining muxlislari fikricha, Jolining hozirgi ahvoli uning ruhiy kechinmalariga bog‘liq, u 2007 yilda onasi saraton kasalligidan vafot etgandan so‘ng ozishni boshladi.

2013 yilda esa Anjyelina ikkilamchi mastektomiya qildirdi, bir yil avval saraton xavfidan qutulish maqsadida tuxumdonlarini oldirib tashladi.

Top