21:29 / 07.04.2016
1627

"O‘zbekneftgaz" yil oxirigacha ikkita konni ishlashga tayyorlaydi

"O‘zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi yil oxirigacha umumiy qiymati 291 mln dollardan ko‘proqni tashkil qiluvchi, Sharqiy Berdax va Shimoliy Berdax konlarini ishga tushirishga tayyorlash bo‘yicha loyihani o‘z nihoyasiga yetkazadi. Ushbu loyiha yangi siqib beruvchi kompressor stansiyasi qurilishini o‘z ichiga oladi, deb xabar berdi kompaniyadagi manba Sputnik nashri muxbiriga.

Ajratilayotgan mablag‘larning katta qismi – 233,2 mln dollarni "O‘zbekneftgaz" ajratadi, qolgan 57 mln dollarni esa O‘zbekiston rekonstruksiya va taraqqiyot jamg‘armasi krediti tashkil qiladi.

Manbaning aytishicha, loyihaning amalga oshirilishi har yili 2 mlrd kub metrgacha gaz va 43,1 ming tonna kondensat olishga imkon beradi. Hozirda konlarda burg‘ilash va 29 ta quduqni tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda, 2020 yilgacha quduqlar sonini 47 taga yetkazish rejalashtirilmoqda. Texnologik qurilmalarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda, 2 ta turbodetander agregat va bir qator boshqa obektlar o‘rnatildi.

"Bu vaqt ichida 31 mln dollardan ko‘proq qurilma olib kelindi va 150 mln dollar o‘zlashtirildi", deb ta'kidlab o‘tdi manba.

Loyihani amalga oshirishning tig‘iz muddatlari avvalambor o‘tgan yilning oktabrida Ustyurt gaz-kimyo majmuasining foydalanishga kiritilishi bilan bog‘liq bo‘lmoqda. Yangi siqib beruvchi kompressor stansiyasi ishga tushirilgandan keyin majmuaga 1,5 mlrd kub metr gaz yetkazib berilishi ta'minlanadi, yana 500 mln kub metr gaz eksportga yuboriladi. Bundan tashqari, loyihaning amalga oshirilishi konning foydalanish muddatini 10 yilga, ya'ni 2040 yilgacha uzaytirishga imkon beradi.

Kon va siqib beruvchi kompressor stansiyasi loyihaviy quvvatlarga chiqqach, ular 150 mln dollardan ko‘proq mahsulot ishlab chiqaradi. Loyihaning eksport salohiyati 65 mln dollardan ko‘proqni tashkil qiladi.

"O‘zbekneftgaz" xolding kompaniyasining quvvatlari har yili 60-70 mlrd kub metr tabiiy gaz va 8 mln tonna suyuq uglevodorodlar olishga imkon beradi. Bu ko‘rsatkichlar evaziga xolding dunyoda tabiiy gaz olish bo‘yicha 11-o‘rinda turadi.

Top