17:35 / 07.04.2016
1826

"Reaktiv" ofitsiantlar ijtimoiy tarmoqlarni maftun qilishdi

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari "reaktiv" ofitsiantlar ishtirokidagi videotasmani munosib baholashdi. Ushbu videoda yigitlar boshlaridagi katta patnislar bilan mijozlarga xizmat qilish uchun "uchishadi".

Bu quvnoq videoni ko‘rganlarning barchasi ofitsiantlar o‘z ishini shunday mahorat bilan bajaradigan joyda paydo bo‘lib qolish istagini bildirishgan.

Shuningdek, sharhlovchilar bu qayerda bo‘lib o‘tganini topishga harakat qildi. Kimdir Toshkentda desa, yana birov Hindistonda degan fikrni bildirdi.

Videoda ofitsiantlarning tezkor xizmat ko‘rsatish tanlovi aks etgani ham ehtimoldan xoli emas.

Top