17:34 / 07.04.2016
4302

Zotdor itlar endi xokkey o‘ynaydi

Taksa zotiga mansub Kruzo va Okli laqabli aka-uka kuchuklar xokkey o‘ynashmoqda. Hali itlar uchun konki o‘ylab topilmagani tufayli ular go‘yo maysa ustida xokkey o‘ynashadi (lekin yerda maysa yo‘q). Boshqa barcha narsa “kattalarnikidek”: klyushka, darvoza va hatto kaskalar ham.

Kruzo – o‘zini yulduz deb hisoblovchi kuchuk (uning xo‘jayini shu fikrda).

Avval taksa jyedayga ham aylangan edi:

Kruzo va Okli birgalikda o‘zlarining “Betmen Supermenga qarshi” filmlarida ham suratga tushishgan.

Bundan tashqari, mitti yoqimtoylarning ovchi, politsiyasi va minon ko‘rinishlari ham bor.

Top