18:20 / 08.04.2016
2162

Dron va vertolyot gibridi ilk parvozni amalga oshirdi

Germaniyaning e-volo kompaniyasi uchuvchi yordamida boshqariladigan multikopter Volocopter VC200 gibrid qurilmaning parvoziga oid ilk videotasvirlarni internet tarmog‘iga joylashtirdi. 18ta parrak o‘rnatilgan uchar qurilmani kompaniya rahbari Aleksandr Tsozel boshqargan.

Gibrid qurilma joystik va sensor panel yordamida boshqariladi.

Volocopter VC200 qurilmasining maksimal uchish vazni 450 kilogrammni, maksimal balandligi 2 kilometrni tashkil etadi.

Sinov parvozi chog‘ida vertolyot-multikopter tezligini soatiga 25 kilometrgacha chiqargan. Ammo, shuning o‘zi ham shaxsiy aerotaksi biznesiga turtki bo‘lishi aytilmoqda.

Aytish joizki, internet tarmog‘ida qo‘lbola multikopterlar parvoziga oid ko‘plab lavhalarni topish mumkin. Ammo, ularning aksari bor-yo‘g‘i bir necha metrga ko‘tarilgan hamda tezda qo‘nishga majbur bo‘lgan.

 

 

Top