19:26 / 08.04.2016
1645

Italiyalik fermerning 1 milliondan ortiq asalarisi o‘g‘irlab ketildi

Italiyada g‘aroyib o‘g‘irlik sodir etildi. Bu yerda fermer Mario Bertining asal yetishtirish fermasidan 17ta asalari uyasini o‘g‘irlab ketishgan. Bertining aytishicha, uyalarning har birida 70 mingdan hasharot bo‘lgan. Shunga ko‘ra, italiyalik fermer 1,2 mln asalarisini topishda yordam bergan kishiga mukofot e'lon qilgan. Bu haqda The Local nashri yozdi.

Fermer buning uchun mukofot sifatida 5 ming yevrodan voz kechishga tayyor.

Asalchi ushbu o‘g‘irlikni uyushtirilgan deb baholamoqda.

Bertining hikoya qilishicha, avvallari ham ba'zi-ba'zida bitta bittadan uya o‘g‘irlangan, ammo u politsiyaga murojaat qilishni lozim topmagan.

Top