15:36 / 08.04.2016
1435

OFK JCh-2018 saralashining keyingi bosqichida O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan bitta savatchada bo‘lishini tasdiqladi

Bugun, 8 aprel kuni Osiyo futbol Konfederatsiyasi JCh-2018 musobaqasining 3-saralash bosqichida ishtirok etadigan va saralangan terma jamoalarning qur'a oldidan savatchalarga taqsimlab chiqdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 3-savatchada Saudiya Arabistoni bilan birga o‘rin egallashi rasman ma'lum qilindi.

Qur'a marosimi 12 aprel kuni Kual-Lumpur shahridagi Mandarin Oriental Hotel mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.

Qur'adan oldin uchinchi bosqichga o‘tgan 12 jamoa 6ta savatchada bo‘ladi:

1-savatcha:
Eron, Avstraliya

2-savatcha:
Janubiy Koreya, Yaponiya

3-savatcha:
Saudiya Arabistoni, O‘zbekiston

4-savatcha:
BAA, Xitoy

5-savatcha:
Qatar, Iroq

6-savatcha:
Suriya, Tailand.

Qur'a marosimida O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabidan vakillar ishtirok etadi. Saudiya Arabistonidan boshqa istalgan jamoa O‘zbekiston terma jamoasiga raqib bo‘lishi mumkin.

Top