15:47 / 08.04.2016
1544

Raneri va Keyn APLda mart oyining eng yaxshilari bo‘lishdi

Angliyaning «Tottenhem» klubi hujumchisi Harri Keyn Angliya Premer-ligasining mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

O‘tgan oyda «Tottenhem» hujumchisi jamoasining to‘rtta o‘yinida beshta gol urdi va 22ta gol bilan APLning to‘purarlar ro‘yxatida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

«Lester» jamoasi bosh murabbiyi Klaudio Raneri esa oyning eng yaxshi murabbiyi deb tan olindi.

O‘tgan oyda italiyalik mutaxassis qo‘l ostida «Lester» to‘rtta o‘yindan 3tasida, ya'ni, «Uotford», «Nyukasl» va «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yinlarda bir xil – 1:0 hisobida zafar quchgandi. «Vest Bromvich»ga qarshi o‘yinda esa 2:2 hisobida durang qayd etilgandi.

Top