12:11 / 10.04.2016
7796

Dunyodagi eng antiqa tashrif qog‘ozlari

Tashrif qog‘ozi – bu faqat oq to‘g‘riburchakli qog‘ozchaga qora harflarda yozilgan ma'lumotgina emas. Shunday tashrif qog‘ozlari bo‘ladiki, ular yordamida o‘simlik o‘stirish yoki tomir urishini tekshirish ham mumkin.
Agar quyidagi tashrif qog‘ozlari qo‘lingizga tushib qolsa, siz ularning egasini albatta, bir umr yoddan chiqarmaysiz.

Landshaft dizayneri tashrif qog‘ozi
Agar paketcha ichiga suv solinsa, uning ichidagi ko‘kat o‘sa boshlaydi.

O‘yinchoq samolyot va aviamodellar ishlab chiqaruvchi kompaniya tashrif qog‘ozi
Bu tashrif qog‘ozi bilan samolyot yasasa bo‘ladi.


Stilist
Yuka Suzuki ismli stilistning tashrif qog‘ozida soch o‘rnida ko‘rinmas soch to‘g‘nog‘ichlari.


Pazandalik blogi
Bu tashrif qog‘ozida joylashgan oshxona anjomlari keyinchalik sizga asqatishi mumkin.


Tibbiyot markazi
Bu kabi tashrif qog‘ozini doimo yoningizda olib yurgingiz keladi. Sababi u orqali tomir urishini tekshirish mumkin.


Fotosuratchi
Kartani chiroqqa tutsangiz, fotosuratchining ma'lumotlarini ko‘rishingiz mumkin.


Sartaroshlik
Agar bu taroqning tishchalariga barmoqlar olib borilsa, musiqa yangrashini tinglash mumkin.


Vegetariancha kafe
Mana shunday mazali kartalar ham bor.


Rassom
Qo‘lning yengil harakati yordamida tashrif qog‘ozi surat tushirilgan kichik stanokka aylanadi.


3D-dizayner
3D-tashrif qog‘ozining ichida 3D-ko‘zoynaklari chiqib keladi.


Investitsion kompaniya
Tashrif qog‘ozini olganingizda, unda “Biz sizlarni sevamiz” deb yozilgan jumlaga guvoh bo‘lasiz. Agar himoya qatlamini o‘chirib tashlasangiz, u yerda “Biz sizlarning pullaringizni sevamiz” degan yozuv chiqadi. Ana shunday halol va rostgo‘y kompaniyalar ham bor.


Musahhih
Qalam shaklidagi katta o‘chirg‘ichli tashrif qog‘ozi.


Tipografiya
Bu tashrif qog‘ozini o‘qish uchun so‘zlarn topishingiz kerak bo‘ladi. Agar buni uddalay olmasangiz, orqasini o‘girishingiz mumkin. Qarabsizki, kontakt ma'lumotlari qarshingizda.


Dizayner
Tetris o‘yinini eslatuvchi tashrif qog‘ozi.

Top