18:57 / 10.04.2016
1691

Soxtakorlikka qo‘l urgan MChJ rahbarlari qo‘lga olindi

“Tash stone trade” MChJ rahbari Komil Qorayev (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) hamda uning hisobchisi Berdi Botirov 2011-2014 yillardagi faoliyati davomida xufyona iqtisodiyot bilan shug‘ullanib kelgan. Bu haqda “Huquq olamida” nashri xabar bermoqda.

Bu ham yetmaganday, iqtisodiyot asoslari, xo‘jalik faoliyati sohasiga qarshi qaratilgan jinoyatlarni sodir etgan qator MChJ rahbarlari bilan til biriktirgan. Mansab soxtakorligi yo‘li bilan qalbaki shartnomalar tuzib, qurilish ishlari bajarilganligi haqida soxta hujjatlar tayyorlagan.

Savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan. MChJning hisob-raqamidagi 2 069 006 165 so‘m miqdordagi pul mablag‘ini naqdlashtirgan. Uning kirdikorlari tekshirishda oshkor bo‘ldi.

Oqibat shu bo‘ldiki, soxta hujjatlar bilan g‘arazli niyatini amalga oshirmoqchi bo‘lgan MChJ rahbari va uning hisobchisi qonun oldida javob berdi.

Top