23:03 / 10.04.2016
1511

Yurgen Klopp: «Stok Siti» hujumlarida Krauchning bo‘yi balandligidan foydalanmoqchi bo‘ldi. Biz buni kutgandik»

«Liverpul» jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning 33 turida «Stok Siti»ga qarshi kechgan va 4:1 hisobidagi g‘alaba qayd etilgan uchrashuvdan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.

Boshlang‘ich tarkibdagi 7 o‘zgarish haqida

Bugun men chinakamiga g‘ururlansam arziydi. Biz tarkibdagi bir qator o‘zgarishlar bilan o‘yinni boshladik va odatdagidan butunlay boshqacha tarkib bilan o‘ynadik. Jamoaning asosiy tarkib futbolchilari toliqishgan va rotatsiya qilish zarurati yuzaga kelgandi.

Raqibning goli haqida

«Stok Siti» 70-80 foiz hujumlarini baland bo‘yli Krauchga to‘p uzatish orqali amalga oshirmoqchi bo‘ldi, lekin biz ularning bu rejasiga tayyor edik. Biz o‘yin davomida aql bilan harakat qildik.

Tanaffus vaqtida ular urgan golni ko‘rdim va qayerda xato qilganimizni o‘rganmoqchi bo‘ldim. Bu vaziyatda Shkrtelni yopish uchun unga nisbatan qoida buzilishi amalga oshirilgan ekan.

Orijining o‘yini haqida

Divok hali juda yosh va biz uning yana o‘sishini kutishimiz kerak. Ehtimol, kelgusida u Starrij bilan tandem bo‘lar. Umid qilamanki, biz keyinroq 2 hujumchi bilan harakat qila boshlaymiz. Oldinda hali o‘yinlarimiz ko‘p.

Top