14:08 / 11.04.2016
1486

Andrey Shevchenko «Chelsi»ga bosh murabbiy bo‘lish orzusi haqida aytdi

"Chelsi"ning ukrainalik sobiq futbolchisi, ayni vaqtda Ukraina terma jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat olib borayotgan Andrey Shevchenko o‘zining sobiq jamoasiga bosh murabbiy bo‘lishni orzu qilishi haqida aytgan. Bu haqda Metro.co.uk xabar berdi.

"Hech qachon kelgusida nimlar bo‘lishini oldindan aytib bo‘lmaydi. Menda jamoa bilan ajoyib munosabatlar mavjud. Kunlardan birida "Chelsi" bosh murabbiyi bo‘lish uchun harakat qilishim mumkin. Bu ajoyib jamoa, menda londonliklar tarkibidagi faoliyatimdan yorqin xotiralar qolgan", deydi Shevchenko.

Ayni vaqtda, APLning 33 turidan keyin "Chelsi" 44 ochko to‘plagan holda turnir jadvalining 10-pog‘onasidan o‘rin olgan. Jamoa 33 turda "Suonsi"dan 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Bu ayni vaqtda jamoani boshqarib turgan va mavsum yakunigacha ishlaydigan Guus Hiddink boshqaruvi davrida tur o‘yinlaridagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi.

Ushbu mutaxassis, 2015 yilning 17 dekabrida sobiq murabbiy Joze Mourinoning o‘rniga vaqtinchalikka olib kelingan.

4 aprel kuni "Chelsi" ayni vaqtda Italiya terma jamoasi bilan 2016 yilgi Yevropa chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Antonio Konteni yangi mavsum uchun murabbiy sifatida rasman e'lon qildi. Ushbu mutaxassis bilan 3 yillik shartnoma tuzildi.

Andrey Shevchenko 16 fevral kuni Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Mixail Fomenkoga yordamchi sifatida tayinlangandi.

Top