06:42 / 11.04.2016
1327

Britaniyalik bokschi Entoni Joshua IBF versiyasi bo‘yicha yangi jahon chempioni bo‘ldi

Britaniyalik bokschi Entoni Joshua amerikalik Charlz Martinga qarshi jangda raqibini nokautga uchratdi va Xalqaro boksyorlik federatsiyasi (IBF) versiyasi bo‘yicha o‘ta og‘ir vazn toifasida yangi jahon chempioni bo‘ldi. Bu haqda "R-Sport" nashri xabar bermoqda. 

Bungacha ushbu unvonga Martin ega edi.

Jang 10 aprelga o‘tar kechasi Londonda bo‘lib o‘tdi. Jang amerikalik o‘tkazib yuborilgan zarbalardan ikki marta ringga qulagandan keyin 2-raundayoq yakunlandi. 

Bungacha bokschilardan birortasi ham o‘z faoliyatida mag‘lubiyatga uchramagan. Jang natijalariga ko‘ra, Joshuada endi 16 ta jangda 16 ta g‘alaba (16 tasi ham nokaut bilan), Martin hisobida esa 26 ta jangda 25 ta g‘alaba (21 ta nokaut) va bitta mag‘lubiyat bo‘ldi. 

Top