23:04 / 11.04.2016
2405

Dunyoda ilk bor tanovul qilish mumkin bo‘lgan nikoh ko‘ylagi tayyorlandi

Buyuk Britaniyada dunyoda ilk bor tanovul qilish mumkin bo‘lgan nikoh ko‘ylagi yaratildi. Bu haqda Metro nashri xabar berdi.

Uni tayyorlash uchun 300 soat vaqt kerak bo‘ldi. Ko‘ylakning bo‘yi 2 metrni, og‘irligi esa 75 kilogrammni tashkil etdi.

Ko‘ylakni yaratishda mashhur haykaltarosh-qandolatchi Silviya Elba, Fun N Funky Cakes kompaniyasi asoschisi Ivett Marner va rassom Ilinka Rnich qatnashishdi.

Ular ming dona yeyish mumkin bo‘lgan vafli varaqlaridan, 35 kilogramm meva shirasi va 3 kilogramm tort uchun to‘rlardan foydalanishdi.

Ko‘ylakni London shahrida 16 va 17 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan xalqaro qandolatchilar ko‘rgazmasida ko‘rish mumkin.

Top