09:17 / 11.04.2016
1352

Jurnalist: «Chelsi»dagilar Azarni sotish ahmoqlik bo‘lishini his qilishmoqda»

The Telegraph nashrining tajribali muxbirlaridan biri Sem Uollasning aytishicha, «Chelsi» yozgi transferlar vaqtida Eden Azarni sotib yubormoqchi emas.

«Azarda bu mavsum juda yomon o‘tdi. Bunga shubha yo‘q. Lekin «Chelsi»dagilar uni sotib yuborish xato bo‘lishini his qilishmoqda. Ular o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisini sotish - ahmoqlik bo‘lishini anglashlari kerak. 12 oy oldin u juda yaxshi saviyadagi futbolchi bo‘lgandi va uning yana shu darajaga qaytishi mumkin.

Zo‘r menejyer nima qilgan bo‘lardi? Keladi va yangi futbolchilarni sotib oladimi yoki jamoadagi bor futbolchilardan, ya'ni 1 yil oldin chempion bo‘lgan futbolchilar bilan natijani yaxshilashga harakat qiladimi?

Menimcha, londonliklar rahbariyati yozda katta o‘zgarishlar amalga oshirishni rejalashtirmagan. Ular Azarni sotish fikrini qayta o‘ylab ko‘rishlari kerak. Kamchiliklariga qaramasdan u noyob futbolchi.

Men o‘ylaymanki, oxir-oqibat jamoa uni olib qolish fikriga keladi», – deydi Uollas Sky Sports 1 telekanalining Sunday Supplement nomli ko‘rsatuvi efirida.

Bundan oldinroq, «Real» Azar bilan og‘zaki kelishuvga erishgani xabar qilingandi. Shuningdek, futbolchiga PSJ jamoasidan qiziqish mavjud.

Top