13:51 / 11.04.2016
1618

Prevyu. "Paxtakor" - "Nasaf"

Bugun, 11 aprel kunida O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi 4-turning markaziy uchrashuvida Toshkentning "Paxtakor" stadionida Qarshining "Nasaf" jamoasi mehmon bo‘ladi.

O‘zbekistonning amaldagi chempioni hamda o‘tgan mavsumda mamlakat Kubogi sohibi bo‘lgan jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.

Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etayotgan jamoalarning o‘zaro to‘qnashuvini Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Bu jamoalar Oliy liga doirasida shu vaqtgacha jami 38 bora to‘qnash kelgan. Bu o‘yinlarda 22 marta toshkentliklar jamoasi g‘alaba qozongan. To‘qqiz o‘yinda durang qayd etilgan bo‘lsa, faqat 7 marta "ajdarlar" "sherlar"ni mag‘lub etgan.

Har ikki jamoaning o‘zaro to‘qnashuvlar tarixida bir martadan 4:0 hisobida g‘alaba qilgan.

"Nasaf" shu kunga qadar Oliy liga doirasida "Paxtakor"ni Toshkentda faqat bir marta mag‘lub etgan. Qolgan 18 safar uchrashuvi mag‘lubiyat bilan yakunlangan.

"Sherlar" faqat 2001 yildagina o‘z maydonida qarshiliklar qarshiligini yenga olmagan (0:4).

Bugun bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda "Paxtakor" ushbu g‘alabali seriyani davom ettirishga urinsa, "Nasaf" 15 yillik g‘alabasiz seriyaga barham berishga urinib ko‘radi.

Joriy mavsumda "Nasaf" jamoasi o‘tkazilgan uchta o‘yinning barchasida g‘alaba qozongan holda chempionat peshqadamlaridan biri bo‘lib turibdi. "Paxtakor" esa uchinchi turda "Buxoro" maydonida durang qayd etgach (0:0), 7 ochko to‘plagan holda turnir jadvalining 5-pog‘onasidan joy olgan.

O‘yinga chiptalar "Paxtakor" stadioni kassalarida sotiladi. Ularni 5 va 15 ming so‘mdan xarid qilishingiz mumkin deb habar berdi pakhtakor.uz sayti.


O‘zbekiston PFL. 4-tur.
11 aprel 2016. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 18:30

"Paxtakor" – "Nasaf"
Hakamlar: I. Tantashev, R. Serazetdinov, A. Snetkov, A. Najafaliyev 
Nazoratchi: R. Aytekov.

Manba: tribuna.uz

Top