Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 14:40 / 11.04.2016
2198
1 daqiqa o‘qiladi
Serxio Ramos: «Real» gerbi yutmaydi, lekin u bizni g‘alabalarga undaydi
Madridning «Real» jamoasi futbolchisi Serxio Ramos jamoa muxlislariga o‘zi tomonidan «Volfsburg»ga qarshi YeChL chorak finalidagi javob uchrashuvida bor kuch ishga solinishiga va'da berdi. Birinchi o‘yinda Zinedin Zidan shogirdlari safardan 0:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan qaytishgandi.
«Real» gerbi yengilmasdir, u bizni g‘alabalarga undaydi. Olg‘a, «Real»!, deya yozadi futbolchi o‘z tvitterida.
Jamoalarning javob uchrashuvi 12 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.