21:52 / 11.04.2016
1642

Voychex Shchensni: «Arsenal»ni qo‘llab-quvvatlayman, ammo bu mavsumda «Lester» chempion bo‘lishini istayman»

«Arsenal» jamoasi darvozaboni, ayni vaqtda «Roma» jamoasida ijara asosida o‘ynayotgan Voychex Shchensni APLning joriy mavsumida «Lester» jamoasi g‘olib chiqishini istayotgani haqida aytdi.

«Hozir futbol olamidagilardan hech kim «Lester» jamoasi ko‘rsatgan mo‘'jizaviy natijalarga izoh bera olmaydi. Men «Arsenal» a'zosiman va bu jamoani qayerda bo‘lsam ham qo‘llab-quvvatlashda davom etaman, lekin bu mavsumni Raneri shogirdlari yutishini istayapman.

Ular barchaga o‘rnak va ko‘pchilikni ruhlantirib, ko‘pchilik uchun ilhom manbai bo‘lishmoqda. Ularning o‘yinlarini kuzatish maroqli», – deydi polshalik darvozabon Sky Sport Italia efirida.

Top