14:55 / 11.04.2016
2472

Xitoydagi o‘simlik barcha dardga davo ekani qayd etildi

Jon Innes Markazi tadqiqotchilari "Baykal do‘ppisi" (Scutellaria baicalensis) nomini olgan hamda Xitoy xalq tabobatida qo‘llaniladigan o‘simlik o‘zidan saraton va jigar kasalliklariga qarshi kurashda yordam beruvchi moddalarni ishlab chiqarishini aniqlashdi. Tadqiqot Science Advances jurnalida chop etildi.

Tadqiqotlar natijasi o‘simlikning ildizidagi organik moddalar - flavonlarning nafaqat virusga qarshi va antioksidant ta'sirga egaligini, balki sog‘lom hujayralarga tegmasdan, saraton hujayralarini o‘ldirishga qodirligini ko‘rsatgan edi. Hayvonlarda olib borilgan tadqiqotlar flavionlar haqiqatda ham o‘simtaning o‘sishini to‘xtatishini isbotlagan.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, flavonlar sintezining biokimyoviy usullarini yaxshi tushunish zamonaviy dori-darmonlarni ishlab chiqarish uchun kerakli bo‘lgan foydali moddalarni ishlab chiqarish imkonini beradi.

Top