22:10 / 12.04.2016
1943

"Barselona" va "Sevilya" Ispaniya Kubogi finali vaqtini ko‘chirishni talab qildi

Joriy mavsumda Ispaniya Kubogi finaliga chiqqan "Barselona" va "Sevilya" jamoalari turnir finali vaqtini ko‘chirishni so‘rab, Ispaniya futbol federatsiyasiga murojaat qilgan. Bu haqda ikki jamoa ham o‘z saytlarida ma'lum qilgan.

Final 22 may kuni "Visente Kalderon" stadionida, mahalliy vaqt bilan 21:30da o‘tkazilishi belgilangan.

"Har ikki jamoa ham o‘yinni 18:00 yoki 19:00da boshlashni taklif etadi. O‘yin yakshanba kuni o‘tadi, muxlislar ish kuniga chiqishda qiynalishmasliklari kerak. Qolaversa, muxlislar Madriddan o‘z shaharlariga qaytishda soatlab vaqt sarflashadi", deyiladi xabarda.

Ikki jamoa ham o‘yinning soat 19:00da keyin boshlanishiga rozi bo‘lmasligi bildirilgan.

Top