17:23 / 12.04.2016
1462

Mehmonxonaga tashrif buyurgan sayohatchi o‘z o‘rnidan dahshatli narsa topib oldi

Reddit foydalanuvchilaridan biri o‘zi bilan bo‘lib o‘tgan voqeani so‘zlab berdi. U bir mehmonxonaga tushadi. O‘z xonasini ochib ichkariga kirganida shinam va toza xonani ko‘rgach, ko‘ngli yorishib, o‘rniga cho‘ziladi. Shunda qog‘ozning shitirlagan ovozi e'tiborini tortadi. To‘shagi ostida yotgan qog‘ozni topib, uni o‘qishga tushadi va hayratdan toshdek qotib qoladi.

Bu xat undan oldin mana shu xonada tunagan kimsa tomonidan yozilgan bo‘lib, unda quyidagicha so‘zlar bor edi: “Agar sen bu xatni o‘qiyotgan bo‘lsang, bilgingki, farrosh to‘shaklarni almashtirmagan”.

Kimga qanaqa-ku, lekin aksari odamlarga bu holat o‘ta yoqimsiz tuyulishi aniq.

Top