20:39 / 12.04.2016
5561

O‘zDJTUda ingliz tilida darslik va qo‘llanmalar yozishga o‘rgatuvchi kitob taqdim etildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Respublika ilmiy-amaliy innovatsion markazida "Authorship Development project: English for Future professionals" loyihasining yakuniy bosqichi va B2 Ready kitobi taqdimoti o‘tkazildi.

Unda Oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi, AQSh elchixonasi vakillari, B2 Ready kitobining 12 viloyatdan yig‘ilgan 30 nafar muallif hamda Toshkent shahridagi oliy o‘quv yurtlarining ingliz tili bo‘yicha o‘quv adabiyotlar yaratish ko‘nikmasiga ega o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Turli soha, yo‘nalishlarga mo‘ljallangan ingliz tilidagi darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish bo‘yicha "Authorship Development project: English for Future professionals" (“Mualliflikni rivojlantirish loyihasi: Bo‘lajak mutaxassislar uchun ingliz tili“) loyihasi 2015 yilning may oyida amerikalik mutaxassis Di Broton koordinatorligida boshlangan edi. 3 bosqichda olib borilgan mualliflarni saralash kampaniyasi davomida 20ta trening uyushtirildi. Aynan shu mashg‘ulotlarda eng yaxshi takliflar, dasturlarni ishlab chiqqan nomzodlar o‘quv-uslubiy majmualarni yaratishda foydalanish uchun B2 Ready kitobini birgalikda yozishdi.

Top