22:26 / 12.04.2016
7681

Sherali Jo‘rayev 69 yoshni qarshi oldi

Xalq hofizi Sherali Jo‘rayev bugun 69 yoshni qarshi oldi. Diltor qo‘shiqlari bilan xalq ko‘nglidan joy olgan Sherali Jo‘rayev 1947 yilning 12 aprelida Andijon viloyatida tavallud topgan.

U 1971 yilda Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent Davlat san'at institutini tamomlagan. Ijodi davomida Jo‘rayev taniqli o‘zbek shoirlari bitgan she'rlardan foydalanib, mingdan ortiq qo‘shiqlar yaratgan.

1990-1995 yillarda O‘zbekiston Respublikasi parlamenti kengashida deputat lavozimida faoliyat olib borgan.

U “Bola zamin hazratidir” nomli kitob muallifi.

Sherali Jo‘rayevning “Birinchi muhabbatim” (Abdulla Oripov she'ri), “Bahor ayyomi” (Bobur g‘azali), “Izlangiz” (Alisher Navoiy g‘azali), “Dildorga noma yozdim”, “O‘zbegim” (Erkin Vohidov she'ri), “Muqaddas ayol” (Xalima Xudayberdiyeva she'ri), “Gulbadan” kabi qo‘shiqlari uni elga tanitgan.

Top