14:16 / 12.04.2016
1894

YouTube foydalanuvchisi kaktusda trep-qo‘shig‘ini ijro etdi

Gourski nomi bilan ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi YouTube’da kaktus ignalaridan chiqadigan ovoz orqali trep yo‘nalishidagi qo‘shiqni yaratgani haqidagi videoni taqdim etdi.

Gourski – YouTube kanalida o‘zi yaratgan musiqalarni ommaga taqdim etadigan didjyey hisoblanadi. “Kaktusli trek”ni yaratish uchun u o‘simlikning ignalariga tegilganda chiqariladigan ovozlarni sempl sifatida oldi. Bunday ajoyib g‘oya unga an'anaviy ravishda xonaki kaktusga suv quyish vaqtida kelgan.

Trekni yaratish vaqtida faqatgina xar [il tikanlarni ushlab ko‘rilganda chiqarilgan ovoz ishlatilgan.

Motherboard nashrining so‘zlariga ko‘ra, kelajakda musiqachining bunday g‘aroyib turdagi qo‘shiqni yaratishni davom ettirish bo‘yicha hech qanday rejalari yo‘q. Ammo u har doim yangi g‘oyalar bilan bo‘lishishga va tadqiqotlar o‘tkazishga tayyor.

Top