20:17 / 13.04.2016
1917

«Liverpul» va «Borussiya» o‘yini «Hillsboro» fojiasi qurbonlariga 1 daqiqa sukut saqlash bilan boshlanadi

Yevropa Ligasining chorak finali javob uchrashuvlari doirasida 14 aprel kuni o‘tkaziladigan «Liverpul» – «Borussiya» Dortmund bahsi (birinchi uchrashuv hisobi - 1:1) «Hillsboro» fojiasi qurbonlari xotirasiga 1 daqiqa sukut saqlash bilan boshlanadi.

UYeFA mersisaydliklarning ushbu fojiaga 27 yil to‘lishi munosabati bilan shu haqda yuborgan so‘rovini tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, 1989 yilning 15 aprelida «Hillsboro» stadionida «Nottenhem Forest» va «Liverpul» klublari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv (Angliya Kubogi yarim finali) vaqtida politsiyachilar va stadion xodimlarining noaniq harakatlari natijasida yuzaga kelgan tiqilinchda mersisaydliklarning 96 muxlisi halok bo‘lgan, yana 766 nafar ishqiboz jarohat olgan edi.

Top