10:20 / 13.04.2016
1685

Loran Blan: «PSJ»ning mag‘lubiyati – mening aybim»

Fransiyaning «PSJ» klubi bosh murabbiyi Loran Blan Yevropa chempionlar ligasining 1/4 final «Manchester Siti»ga boy berilgan o‘yin (0:1) borasida fikr bildirib o‘tdi.

«Biz vaziyatlardan foydalanishda samarali harakat qila olmadik. «Siti» futbolchilari esa aksincha, o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalanib qolishdi.

Chempionlar ligasining bu bosqichidan chiqib ketishimizda bor aybni o‘z zimmamga olaman. Bu mening aybim.

Afsus qiladigan narsalarimiz bor albatta. Misol uchun, bugun futbolchilar qo‘lidan kelgan barcha ishni amalga oshirishgandi. O‘yin haqida to‘liq xulosa chiqarish uchun esa uni diqqat bilan ko‘rib chiqib, qayta tahlil qilib chiqishimiz kerak bo‘ladi», – dedi Blan.

Top