17:22 / 13.04.2016
1399

Maskerano: «Atletiko»ga qarshi o‘yin «Barselona» uchun mavsumdagi birinchi final bo‘ladi

«Barselona» jamoasi himoyachisi Xaver Maskerano Chempionlar ligasining chorak finali javob uchrashuvida «Atletiko»ga qarshi bahs oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Jamoalarning birinchi uchrashuvida kataloniyaliklar jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.

«Bizda javob o‘yinidan oldin ustunlik mavjud va biz Madriddagi o‘yinda ham g‘alaba qozonish uchun maydonga tushamiz. «Barselona» natijadan kelib chiqib o‘ynaydigan jamoa emas. Mavjud ustunlik bizga o‘zimizga bo‘lgan ishonch taqdim etadi. Bu o‘yinni mavsumning birinchi finali deyishim mumkin. Bu o‘yinda ham g‘alaba qozonib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritmoqchimiz», — deya argentinalik futbolchining so‘zlarini keltiradi Sport nashri.

Top