12:34 / 13.04.2016
1571

«PSJ» prezidenti «Manchester Siti»dan uchralgan mag‘lubiyatga munosabat bildirdi

«PSJ» prezidenti Nosir Al-Halayfi YeChLning chorak finalida «Manchester Siti»ga ikkinchi uchrashuvni yutqazib, (0:1) turnirdagi ishtirokini to‘xtatganiga munosabatini bildirdi.

«Biz natijadan qattiq xafamiz. Lekin bu mag‘lubiyatni qabul qilishimiz kerak. Biz bu bosqichdan qanday qilib o‘tish haqida yaxshilab o‘ylashimiz kerak. Blan barcha yo‘llarini qilib ko‘rdi, lekin uning taktik hiylalari ham ish bermadi.

Diskvalifikatsiyalar, jarohatlar (Verratti - tahririyat), o‘yin vaqtida Mottaning yo‘qotilishi mag‘lubiyat sabablari bo‘ldi. Men jamoamizning bu avlodi o‘zini o‘zi ado qildi deb hisoblaymanmi? Yo‘q», — deydi Al-Halayfi.

Top