00:08 / 14.04.2016
1913

MINI o‘z sinfidagi eng kalta sedan yaratmoqchi

MINI kompaniyasi sedan kuzovida model yaratmoqchi. U bu sinfdagi eng kalta va britan markasining yangi uslubiyatida bajarilgan, ya'ni jiddiyroq va "multfilmsimon" bo‘lmagan yangi mashinalaridan biri bo‘ladi, deb xabar bermoqda Autocar nashri. Nashr yangi mashinaning renderini ham tayyorladi.

Bu ma'lumotning rasmiy tasdig‘i mavjud emas. MINI’dagi manbalarning aytishicha, sedanning ishlab chiqarilishi va yangi ko‘rinishga o‘tish markani rivojlantirishning bir variantlaridan hisoblanadi. Kompaniyaning yangi modellarni ishlab chiqarish bo‘yicha rejasiga hammasi bo‘lib 5-6 ta mashina kirgan.

Endi uch va besh eshikli avtomobilning yangi avlodi, kabriolet va Clubman universali debyutidan keyin kompaniya yana bitta yoki ikkita model – yangi avloddagi Countryman yo‘ltanlamasi va sedan namoyish qilishi qoldi.

Yangi sedan MINI’ning barcha yangi modellari va BMW’ning oldi privodli modellarida qo‘llangan UKL platformasida yaratiladi. G‘ildiraklar bazasi o‘lchami o‘tgan yili chiqqan Clubman universaliniki bilan taxminan bir xil, ya'ni 2670 mm bo‘ladi. Sedanning uzunligi 4300 millimetrni, ya'ni "Klabmen"dan 47 mm ga uzonroq bo‘ladi.

Shu tariqa MINI sedani Audi A3 yoki Mercedes-Benz CLA sedanidan qisqaroq bo‘lishi mumkin. Britan markasining yangi modeli bu sinfdagi eng kalta sedan bo‘lishi kerak.

Taxminlarcha, sedan Riley yoki Triumph nomini olishi mumkin, bu nomlarga huquq MINI egasi BMW kompaniyasiga tegishlidir. Shimoliy Amerika va Xitoy sedan uchun ustuvor bozorlar bo‘ladi. Biroq mashina butun dunyo bo‘ylab sotiladi. Mashina debyuti qachon bo‘lib o‘tishi noma'lum qolmoqda.

Top