23:07 / 14.04.2016
2579

Rossiyaning KRANEKS mashinasozlik guruhi O‘zbekistonga 6 mln dollarga ekskavatorlar yetkazib beradi

Rossiyaning Ivanovo mashinasozlik guruhi KRANEKS O‘zbekiston va Qozog‘istonga 2018 yilning oxirigacha 16,5 mln dollarga ekskavatorlar yetkazib beradi, deb ma'lum qildi Ivanovo viloyati hukumati raisi o‘rinbosari Oleg Ptashkin.

Ptashkinning aytishicha, 2016 yil mart-aprelida Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirligi bilan 2016-2018 yillarda O‘zbekiston va Qozog‘istonga "KRANEKS Lizing" kompaniyasining mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha ikkita loyiha kelishib olingan.

"2018 yil oxirigacha KRANEKS O‘zbekistonga 6 mln dollarlik, Qozog‘istonga esa 10,5 mln dollarlik ekskavatorlar yetkazib bermoqchi", deb aytdi Ptashkin.

Ma'lum qilinishicha, 2016 yilning yanvar oyidayoq O‘zbekiston bilan Ivanovo viloyati o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 8,.3 mln dollarni, Qozog‘iston bilan esa 850 ming dollardan ko‘proqni tashkil qilgan.

KRANEKS mashinasozlik guruhi turli modeldagi ekskavatorlar, ehtiyot qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan va meliorativ ishlar uchun ekskavatorlarni seriyali tarzda ishlab chiqaruvchi Rossiyadagi yagona korxona hisoblanadi. Bugungi kunda korxona O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Belarus, Armaniston va Kubaga texnika yetkazib beradi. Korxona ishlab chiqaradigan umumiy mahsulot hajmida eksport qilinadigan mahsulot hajmi 25 foizni tashkil qiladi.

Top