14:52 / 14.04.2016
7463

Ulug‘bek Xoliqov "Musiqa" nomli yangi qo‘shig‘ini taqdim etdi

Muxlislarning kayfiyatini ko‘tarishni xush ko‘ruvchi qo‘shiqchi Ulug‘bek Xoliqov sho‘x ohangdagi yangi taronasini tinglovchilarga taqdim etdi.

Aytish joizki, ayni damda xonanda qizg‘in ijod jarayonida bo‘lib, bir necha yangi qo‘shiqlar ustida ishlamoqda. Bahorning ilk kunlarida muxlislarga tuhfa etilgan romantik ruhdagi “Yurak” taronasidan so‘ng, xonanda navbatdagi ijod namunasini tayyorladi.

"Musiqa" deb nomlangan yangi qo‘shiqning matni va musiqasi Feruz Abdullayev tomonidan yozilgan.

Ulug‘bek Xoliqovning “Musiqa”si beixtiyor raqs tushishga chorlaydi. Qo‘shiq so‘zlarida "sho‘x ohang va sho‘x harakatlar uyg‘unligida musiqani yanada baland qilish va raqsga tushish" aytiladi.

Qo‘shiqni ushbu havola orqali tinglash mumkin:

Reklama huquqi asosida
Top