17:41 / 15.04.2016
2536

16 aprel ob-havo ma'lumoti

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 16 aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 11-13, kunduzi 28-30 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha yetishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 15-20 metrgacha yetishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 10-15, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 13-18, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 10-15, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim tumanlarda yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 5-10, kunduzi 17-22 daraja issiq bo‘ladi.

Top