17:25 / 15.04.2016
1395

Begiristayn «Manchester Siti» «Real»ga qarshi o‘yin oldidan qo‘rquvni his qilishini tan oldi

«Manchester Siti» jamoasi sport ishlari direktori Chiki Begiristayn YeChLning yarim finali uchun tashlangan qur'adan keyin fikrlarini bildirib o‘tdi. Inglizlar jamoasi keyingi bosqichda Madridning «Real» jamoasiga qarshi bahslashadi.

«Real» «Santyago Bernabeu»da shunday o‘yin ko‘rsatadiki, bu jamoani to‘xtatib bo‘lmay qoladi. Kurash juda qiziq kechishi aniq. «Real» shunday jamoaki, bu jamoaga qarshi o‘yindan oldin ichda qo‘rquv hosil bo‘ladi. Bu «Real» jamoa tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bizga juda qiyin bo‘lishini aytish mumkin. Lekin «Manchester Siti» puxta o‘yin ko‘rsatsa va hujumlarda faol bo‘lsa, istalgan raqibni yenga olishi mumkin», — deya Begiristayndan iqtibos keltiradi Marca nashri.

Jamoalarning ilk uchrashuvi Manchesterda, 26 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Madriddagi javob uchrashuvi 4 mayga belgilangan.

Top