19:29 / 15.04.2016
2285

Italiyalik dizayner ixtiro etgan ajab-velosipedlar

Italiyalik dizayner Janluka Jimini o‘z do‘stlaridan velosiped chizib berishlarini so‘raydi hamda ularni 3D-modelli suratlarga aylantiradi. Dizayner sakkiz yildirki, velosiped chizgilarini yig‘ish bilan shug‘ullanadi. 2016 yilning boshida ishlarini omma e'tiboriga havol etishni istadi.

Janluka Jiminining “Velosipediya” loyihasi 2009 yilda boshlangan. O‘shanda u tanishlari va hatto begonalarning oldiga qog‘oz-ruchka ko‘tarib borib, ulardan hayolotlaridagi erkaklar velosipedni chizib berishlarini so‘rar edi.

Ko‘pchilik erkaklar velosipedi qanaqa bo‘lishi tushunmagani uchun, tasavvuriga kelgan suratni chizib berishgan.

Dizayner 2009 yilda yuzlab suratlarni bir joyga jamlaydi: ular orasida texnik tomonlama imkoni yo‘qlari va aksincha g‘aroyib g‘oyalilari bor edi. Jiminining aytishicha, 90 foiz ayollar velosiped zanjirini old g‘ildiraklarga ulangan holda tasvirlashgan. Erkaklar esa texnik tomonlama qurilmaning murakkabligiga ahamiyat qartishgan.

Top