18:53 / 15.04.2016
2603

Kelajakning haydovchisiz yuk mashinalari kontsepti taqdim etildi

Hozirda avtomobil qurilish kompaniyalari haydovchisiz boshqariluvchi avtotransport vositalarini ishlab chiqarish ustida qizg‘in ish olib bormoqda va yaqin kelajakda avtonom qurilmalar barcha yo‘llarda paydo bo‘lishi mumkin.

Mazkur tendensiya rivojlanishi bilan birga biz odatda o‘rganib qolgan yuk mashinalari o‘rnini insonning aralashuvisiz va to‘xtovsiz boshqariladigan yangi avtomobillar egallay boshlaydi.

Dizayner Zoltan Major o‘zining shaxsiy konsepsiyasi asosida kelajak yuk mashinasini ishlab chiqdi. Uning tasavvurida transport vositasi uchun haydovchi shart emas va shuning uchun u yaratgan yuk mashinasining old tarafida boshqaruv kabinasi mavjud bo‘lmaydi. Kabina o‘rni havo qarshiligini kamaytirish maqsadida aerodinamik dizaynga ega bo‘lib, yoqilg‘i va energiya samaradorligini oshirish uchun ishlab chiqilgan.

Navigatsiyani amalga oshirish uchun trassa va yo‘l harakati qatnashchilarini skanerlovchi maxsus datchiklar va ulardan kelayotgan ma'lumotlarni tahlil qilib, haydovchisiz yuk mashinaning manyovrlarini nazorat qiluvchi juda ham kuchli bo‘lgan bort kompyuteri o‘rnatiladi. Yo‘llardagi optimal oqimni ta'minlash maqsadida bir necha yuk mashinalarining harakatini sinxron tarzda amalaga oshirish ham mumkin bo‘ladi.

Top