21:37 / 15.04.2016
1742

Volkswagen "Qo‘ng‘iz" modelini ishlab chiqarishni to‘xtatishi mumkin

Germaniyaning Volkswagen avtomobilsozlik kompaniyasi o‘zining mashhur "Qo‘ng‘iz" – Beetle modelini 2018 yilda ishlab chiqarishni to‘xtatishi mumkin. Bu haqda Autoline nashri xabar bermoqda.

Portal ma'lumotlariga ko‘ra, Volkswagen kompaniyasi Beetle’ning hozirdagi oilasiga talabning juda pastligi sababli uning yangi variantini ishlab chiqarmoqchi emas.

Buning o‘rniga kompaniya borgan sari ommalashib borayotgan yo‘ltanlamas mashinalarni yaratishga o‘z e'tiborini qaratmoqchi.

Top