22:02 / 15.04.2016
1946

Xitoylik millioner fermer ayolni deb o‘z boyligidan voz kechdi

Xitoylik millioner Yao Nanshan Lyu Litszyan ismli fermer ayolni deb o‘z boyligidan voz kechdi. Bu haqida Mashable nashri xabar berdi.

Nashrning yozishicha, bunday ajoyib sevgi hikoyasi hattoki toshbag‘ir odamlarga ham umid beradi.

2015 yilning oktabr oyigacha Nanshan Ispaniyada istiqomat qilgan. Ammo 57 yoshli millioner o‘zining Yevropadagi barcha boyliklaridan voz kechib, Xitoydagi Chjetszyan viloyatidagi qishloqlardan biriga “haqiqiy sevgisi”ning oldiga qolgan umrini o‘tkazish uchun ko‘chib kelgan.

Juftlik 2013 yilda uchrashib qolgan. Nanshanning sevgilisi Litszyan beva bo‘lib, uning qizida tibbiyotda kam uchraydigan qon kasalligi mavjud. Millioner o‘z sevgisini izhor etganda, Litszyan uni muammolari bilan urintirmaslik uchun bu izhorni rad etdi. Nanshan esa uning “rad” javobiga ko‘nmadi. U Ispaniyadan barcha boyligini o‘z farzandlariga o‘tkazib, Chjetszyan qishlog‘iga qaytib keldi. Juftlik Rojdestvo kuni turmush qurishdi.

Hozirgi kunda juftlik kichik bir mehmonxonani boshqarishmoqda.

Top