15:04 / 16.04.2016
4786

Farrux Zokirov 70 yoshni qarshi oldi

Bugun Zokirovlar sulolasi vakili, O‘zbekiston xalq artisti, “Yalla” vokal-cholg‘u ansambli guruhi rahbari — Farruh Zokirov 70 yoshni qarshi olgani munosabati bilan soat 11:00 da, "Osiyo grand" restoranida osh berildi.

1969 yillarda ijodi ko‘zga ko‘rina boshlagan Farruh Zokirov bugungi kunda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Qoraqalpog‘iston, Tojikiston, Tatariston va Ingushetiya Xalq artisti hisoblanadi.

Otasi Karim Zokirov opera san'atining qaldirg‘ochlaridan biri, onasi Shoista Saidova — o‘zbek xalq qo‘shiqlari va yallalariniing ajoyib ijrochisi bo‘lgan. Akasi Botir Zokirov O‘zbek professional estrada san'ati asoschilaridan bo‘lgan. Opasi Luiza estrada xonandasi, ukasi Jamshid Zokirov O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori bo‘lgan.

60 yillar boshida Toshkentdagi Xamza nomli musiqa bilim yurtida, keyinchalik Muxtor Ashrafiy nomli Konservatoriyada va Abdulla Qodiriy nomli Madaniyat institutida tahsil olgan.

1969-71 yillarda O‘zbekiston Davlat filarmoniyasida yakkaxon xonanda, 1993-96 yillarda "Turkiston" saroyi bosh direktori, 1971 yildan shu kungacha "Yalla" ansambli yakkaxon xonandasi va badiiy rahbari sifatida faoliyat yuritib keladi.

Ijodi davomida buyuk bastakorlardan S.Yudakov, I.Akbarov, M.Ashrafiy, M.Burxonov, E.Solihov kabi bastakorlar, A.Oripov, N.Narzullayev, M.Yusuf, A.Suyun, R.Farhodiy, O.Egam kabi shoirlar ijodiga murojaat qilgan.

“Uchquduq”, “Omonyor”, “Choyxona”, “Chinnuri”, “Pomni menya” kabi mashhur qo‘shiqlari bilan muxlislar qalbini zabt etgan bastakor va xonandaning ijodiy repertuaridan bugungi kunda yuzdan ortiq qo‘shiqlar o‘rin olgan.

“Tri kalodtsa”, “Uchquduq”, “Zero One”, “Boroda verblyuda”, “Jinnuni” kabi musiqiy albomlar muallifi.
Fursatdan foydalanib, Kun.uz sayti xodimlari bo‘lgan Farruh Zokirovni tavallud ayyomi bilan muborakbod etib, kelajakda butun dunyo bo‘ylab o‘zbek milliy estradasi qo‘shiqlarini namoyon etishiga tilak bildiramiz.

Top