22:48 / 17.04.2016
1574

Apple yangi ultrayupqa MacBookni taqdim etishga hozirlik ko‘rmoqda

O‘tgan yili Apple kompaniyasi 2016 yilda MacBook kompyuter seriyalari dizaynini yangilab, yangi ultrayupqa modellarni taqdim etishi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Yangi qurilma Apple dasturchilari uchun har yili tashkil etiladigan WWDC 2016 anjumanidan so‘ng sotuvga chiqishi ko‘zda tutilmoqda. DigiTimes portalining xabariga muvofiq, MacBook korpusini yanada yupqaroq qilish uchun Apple kompaniyasi uni ishlab chiqarish jarayonida egilgan metall halqalar usulidan foydalanadi. iPhone va Apple Watch qurilmalarining ichki qismini yasashda ishlatiladigan metallni bosim ostida quyish texnologiyasidan foydalanish yangi MacBook korpusini ultrayupqa qilishda yordam beradi.

Shunisi ma'lum bo‘ldiki, MacBook uchun halqalarni Amphenol kompaniyasi yetkazib beradi. Kompaniya vakillarining ta'kidlashicha, ular yetkazib beradigan qismlar dunyodagi eng ingichka suriluvchi halqalar ekan.

Apple bu texnologiyalar yordamida o‘z maqsadiga erisha olgani haqida WWDC 2016 anjumani doirasida xabardor bo‘lishimiz mumkin.

Top